Fargʻona shahring Chekshoʻra MFY, Charogʻon koʻchasidan oʻtgan ariqdan nomaʼlum shaxsning murdasi tan jarohatlarisiz topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uzʻga xabar berdi.
Surishtiruvlarda davomida ushbu shaxs 1978 yishlda Rishton tumanida tugʻilgan R.S. ekanligi aniqlangan va uning turmush oʻrtogʻi tomonidan tanib olingan.
Oʻtkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga koʻra, marhumning oʻlimiga “nafas yoʻllarining suv bilan berkilishi oqibatidagi mexanik asfiksiya” sabab boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling