Oʻzbekiston va Qirgʻiziston temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ axborot xizmati.
Uchrashuv davomida yuk tashish hajmlarini oshirish va tarif chegirmalarini qoʻllash masalalari boʻyicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, ikki davlat oʻrtasida asosiy yuklar — koʻmir, sement va boshqa mahsulotlarni tashishda “Temiryoʻlkargo” AJ yuk vagon parklaridan foydalanish hamda tarozi xoʻjaligi obyektlarini taʼmirlash masalalari koʻrib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, 2025-yil yozida “Toshkent-Ribache” yoʻnalishida turistik poyezdlar qatnovini yoʻlga qoʻyishga kelishib oldilar. Bu yoʻnalish ikki mamlakat oʻrtasida turizm aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam boʻladi.
Bundan tashqari, Qirgʻiziston temir yoʻl xodimlarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ markazlarida malakasini oshirish masalasi ham muhokama qilindi va ushbu yoʻnalishda oʻquv dasturlarini tashkil etishga kelishildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling