Andijon viloyatining Asaka tumanida istiqomat qiluvchi ayol voyaga yetmagan farzandiga (13 yoshli qiz bola) nisbatan qoʻshni boʻlgan er-xotinlar uyatsiz-buzuq harakatlar qilganligi haqida ichki ishlar organiga murojaat qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga koʻra, fuqaro A.B. va uning turmush oʻrtogʻi Yu.T.larni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, toʻplangan hujjatlar mazmunan koʻrish uchun sudga yuborilgan.
Sudning tegishli qarori bilan A.B.ga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi va turmush oʻrtogʻi Yu.T.ga nisbatan eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Mazkur sud qaroridan norozi boʻlib berilgan appelyatsiya shikoyati qanoatlantirilmagan.
Hozirda Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan mazkur sud hujjatlari oʻrganilmokda.
Mazkur masala Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling