Andijondagi uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir kishi vafot etdi

Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yong‘in sabablari bo‘yicha yong‘in-texnikaviy va boshqa zarur ekspertizalar tayinlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda Asakada uy yonayotgani, uyning ichidagi odamlar ham tiriklayin yonib ketgani haqida videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat FVB izoh berdi

Maʼlum qilinishicha, 28-iyul kuni soat 18:21 da fuqaro S.A.ning yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘lganyu Soat 18:26 da yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan va sodir bo‘lgan yong‘in soat 18:54 da batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida aholi yashash xonadonining 70 kv m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Asaka tumanida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Dastlabki olingan maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida bir nafar shaxs vafot etgan, bir nafari esa og‘ir tan jarohati olgan. Shaxobcha ichida bo‘lgan Labo avtomashinasi to‘liq yonib ketgan.

Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yong‘in sabablari bo‘yicha yong‘in-texnikaviy va boshqa zarur ekspertizalar tayinlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling