Asrorjon Askarov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruvi raisining iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Asrorjon Asqarov 1978-yilda tugʻilgan. 2001-yilda Fargʻona politexnika instituti, 2008-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2009-yilda Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
HETni 2019-yildan buyon boshqarib kelgan Ulugʻbek Mustafoyev 19-dekabr kuni Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling