Toshkentning bitta tumanida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi

Tabiiy gaz bilan taʼminlovchi yer osti gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan

Yakkasaroy tumanining baʼzi hududlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Yunus Rajabiy MFY, Samarqand mavzesini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi yer osti gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan.

Buni bartaraf etish maqsadida 31-yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha hududdagi 640 ta aholi va 3 ta ulgurji isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling