Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi “Olovuddin” mahallasida tungi soat 01:30 da Nexia-3 avtomashinasi yuqori bosimli gaz quvuriga urilishi natijasida avariya sodir boʻlgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Natijada Denov tumanidagi 3950 ta aholi va 20 ta ulgurji isteʼmolchida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.
“Gaz taʼminoti filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi hamda yaqin vaqtlar ichida taʼminotni tiklash boʻyicha tezkor choralar koʻrilayotganligini maʼlum qiladi”, — deyiladi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling