Toshkentda sodir boʻlgan YTHdan soʻng haydovchilar va YPX xodimlari oʻrtasida janjal chiqdi

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektorlari va fuqarolar oʻrtasidagi tortishuvli holat aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavsizligi boshqarmasi izoh berdi.

30-oktyabr kuni taxminan soat 23:45 larda Yakkasaroy tumani Muqimiy - Shohjaxon koʻchalari chorrahasida haydovchi 1991-yilda tugʻilgan S.T. boshqaruvida boʻlgan Nexia-3 va haydovchi 1999-yilda tugʻilgan M.O. boshqaruvida boʻlgan Lacetti oʻrtasida YTH.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yoʻq.

YTH sodir boʻlgandan soʻng haydovchilar oʻrtasida oʻzaro tortishuv yuzaga kelgan. Ushbu holatni koʻrgan YPX inspektorlari bezorilik holatini toʻxtatish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida zudlik bilan oʻz xizmat vazifasiga kirishishgan.

Biroq haydovchilar IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga faol qarshilik koʻrsatgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling