Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beruniy KHAY kesishmasida 21-noyabr kuni soat 16:45 larda YTH sodir boʻldi.

12-avtobus saroyiga qarashli 131-yoʻnalishda qatnovchi 1984-yilda tugʻilgan A.S boshqaruvidagi King long avtobusi hamda 1995-yilda tugʻilgan A.N boshqaruvidagi Chery avtomashinasi toʻqnashgan.
YTH natijasida jarohat olganlar yoʻq.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.