Toshkent shahrining Yangihayot tumani, TXAY koʻchasida 2-fevral kuni soat 20:15 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
2000-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvidagi MAN avtobusi hamda 1984-yilda tugʻilgan A.D. boshqaruvidagi SINOTRUK yukavtomashinasi toʻqnashgan.
Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yoʻq.
Haydovchilarning kelishuviga asosan (E-protocol) Yoʻl transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma orqali rasmiylashtirilgan
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling