Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida Toshkent metropolitenida jami 190,1 mln nafar yoʻlovchi tashilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 73,4 mln nafar yoʻlovchiga koʻpaygan boʻlib, oʻsish surʼati 162,9 % ni tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent metropolitenida kunlik yoʻlovchilar soni 1 millionga yetishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
Yoʻlovchilar uchun qulay sharoit yaratish va ehtimoliy tirbandliklarning oldini olish maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil davomida metropoliten uchun 14 ta zamonaviy harakat tarkibi xarid qilingan va tigʻiz vaqtlarda yoʻnalishlar boʻyicha intervallar qisqartirilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling