Qashqadaryoda 620 mln soʻmlik avtokreditni oʻzlashtirish holati aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda avtokredit mablagʻini oʻzlashtirish holati aniqlandi.

Fuqarolar Sh.Q. va boshqalar fuqaro Sh.Q.ga hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan “BYD HAN” rusumli avtomashinani kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻymasdan, bank manfaatlariga 620 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling