2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida transport turlari boʻyicha yoʻlovchi tashish tarkibida avtomobil transporti yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Uning jami yoʻlovchi tashish hajmidagi ulushi – 95,9 foizni tashkil etmoqda.
Avtomobil transportida tashilgan yoʻlovchilar umumiy hajmida eng yuqori ulushga ega boʻlgan hududlar:
- Toshkent shahri – 20,9 %
- Toshkent viloyati – 12,3 %
- Andijon viloyati – 11,5 %
- Fargʻona viloyati – 11,0 %
- Samarqand viloyati – 7,4 %
- Xorazm viloyati – 7,3 %
- Namangan viloyati – 7,1 %