Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Azizbek Turdiyev maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

U bunga qadar vazir maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Azizbek Turdiyev maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

U bunga qadar vazir maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Turdiyev 2023-yildan boshlab MDH davlatlar hamkorligidagi “Hamdo‘stlik bolalar” loyihasi hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish” loyihasi rahbari sifatida faoliyat yuritadi.

Avvalroq ushbu lavozimda ishlab kelgan Sardor Rajabov oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling