Abdusalom Azizov ishdan olindi, Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi

Shuxrat Xalmuxamedov mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi

Prezident tegishli farmonlari bilan:

  • Baxodir Nizamovich Kurbanov mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi va Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi;
  • Shuxrat Gayratdjanovich Xalmuxamedov mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi lavozimidan ozod etildi va mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi;
  • Abdusalam Abdumavlanovich Azizov Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi va Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga oʻtkazildi.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling