Ish haftasining soʻnggi kunida ham havo harorati iliq boʻladi

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi

Oʻzbekistonda 7-fevral, juma kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi. Oʻzgidrometga koʻra:

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 14-16° iliq boʻladi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq boʻladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq , kunduzi 8-13° iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling