Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Ish haftasi davomida havo harorati 15 darajagacha koʻtariladi

Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin

Bugun kunduzi va ish haftasining oxirigacha Oʻzbekistoning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Havo haroratining asta-sekin koʻtarilishi davom etadi. Haftaning birinchi yarmida kechalari biroz sovuq boʻlishi saqlanib turadi, kunduz kunlari esa havo harorati 8-11 daraja iliq atrofida boʻladi.

Chorshanba va payshanba kunlari kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda. Shimolda harorat asosan kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 4-9 iliq boʻladi.

Toshkentda 3-7-fevral kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Harorat 3-4-fevralda kechalari 0-2 daraja sovuq, kunduz kunlari 8-10 daraja iliq boʻladi. Harorat 5-7-fevralda kechalari 1-3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-15 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling