Andijon viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Baliqchi tumanida faoliyat yurituvchi “T.T.” MCHJ masʼul shaxslari toʻgʻridan toʻgʻri tarmoqqa ulab, 630 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻldi.
Shuningdek, Andijon tumani “B.Ch.” va “O.R.” xususiy korxonalari masʼul shaxslari tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 366 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling