Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Surxondaryoda 3,5 gektar yerni 1,5 mlrd so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bandixon va Taxiatosh tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi, deb xabar berdi DXX.

Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida yashovchi 1987-y.t. shaxs chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirgan. U tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 3,5 gektar yerni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga 1,5 mlrd so‘m talab qiladi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 110 ming dollar va 100 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkor Amudaryo tumanida yashovchi 1983-y.t. shaxsning ishonchiga kirgan.

U aslida boshqa bir fuqaroga quyonchilikni rivojlantirish uchun Taxiatosh tumani hududidan ajratib berilgan 169 gektar yerni go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytadi. 

Uning 50 gektar qismini har gektarini 1 ming dollardan, jami 50 ming dollarga sotishini maʼlum qiladi.

Tadbikor so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi. 

Hozirda har ikki holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling