Toshkentdagi mehmonxonadan rossiyalik sayyohlarning jasadi topildi

Jabrlanuvchilar oʻlimining sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan

Toshkentga dam olishga kelgan rossiyalik Lenta.ru jurnalisti va uning sherigi jasadi Karaman Palace mehmonxonasidan topildi.

Katta ehtimol bilan ular badbuy gaz hididan zaharlanishi oqibatida halok boʻlishgan. Voqea sodir boʻlishidan oldin mehmonxonadagi basseyn tozalangan. Tozalash davomida chiqqan badbuy gaz xonaga ventilyatsion tizim orqali kirgan boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

Bosh prokuratura 47 yoshli jurnalist Inessa Papernaya va yana ikki nafar shaxsning vafoti yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Jabrlanuvchilar oʻlimining sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling