Jizzax viloyati, Baxmal tumani hududidan oʻtgan “Gʻallaorol-Baxmal-Supa-Zomin” 4R-41 yoʻlining 29 km da 18-noyabr kuni soat 19:30 larda YTH sodir boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, Baxmal tumani, Qutlugʻobod MFY, Kaltatoy qishlogʻida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan A.O Cobalt mashinasini Oʻsmat yoʻnalishi boʻyicha boshqarib kelayotib, yoʻlning belgilangan joyidan kesib oʻtayotgan 2011-yilda tugʻilgan I. M va uning singlisi, 2020-yilda tugʻilgan I.K larni urib yubordi.
Oqibatda opa-singillar turli tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan gumonlanuvchi O.Aga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchi ushlangan va vaqtincha saqlash hibsxonaga joylashtirilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling