Toshkent shahrining Yangihayot tumanida temiryoʻl xodimini poyezd bosib ketdi, deb xabar berildi “Millar” dasturida.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 5-oktyabr kuni sodir boʻlgan.
Temiryoʻlda konduktor boʻlib ishlagan 1988-yilda tugʻilgan shaxs teplovozga yuk vagonlarini ulayotgan vaqtda ehtiyotsizligi oqibatida relsga yiqilib tushgan.
Oqibatda mazkur baxtsiz hodisa yuz bergan.
Koʻrsatilgan birinchi yordamga qaramasdan xodim voqea joyida vafot etgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling