Toshkentda 24 yoshli yigitning murdasi GESdan topildi

Tergovga qadar tekshiruv hujjatlari Uchtepa tuman prokuraturasiga yuborildi

12-noyabr kuni fuqaro S.X. 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, Chilonzor tumani, Beshyogʻoch MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Anhor” kanalida rus millatiga mansub erkak kishining choʻkib ketganligi boʻyicha xabar bergan. 

Ushbu xabar asosida Chilonzor tumani IIO FMB tezkor-tergov guruhi va FVV xodimlari tomonidan voqea joyiga chiqilib, kanalda choʻkib ketgan shaxsni topish choralari koʻrilgan va holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv hujjatlari toʻplangan.

Bundan tashqari, 13-noyabr kuni Uchtepa tumani, 24-mavzeda istiqomat qiluvchi I.G. Uchtepa tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda oʻgʻli 2000-yilda tugʻilgan B.A. 11-noyabr kuni taxminan soat 15:30 da uyidan chiqib ketib bedarak yoʻqolganligini, uni topishda amaliy yordam soʻragan.

20-noyabr kuni soat 08:45 da Chilonzor tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tushgan xabarga koʻra, Chilonzor tumani, Beshyogʻoch koʻchasida B.A.nig jasadi topilgan.

Hozirda B.A.ning murdasi topilganligi holati boʻyicha toʻplangan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari Uchtepa tuman prokuraturasiga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling