Ikkita viloyatda jami 1,5 mlrd soʻmdan ortiq gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi

Bekobodda “S.D.” MCHJ rahbari A.G. “G.F.” xususiy MTM binosida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulanib, jami 1 mlrd 83 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

Urgut, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Kattaqoʻrgʻon shahrida “A.S.”, “O.O.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari va boshqalar elektr taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslari va elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 439,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling