Mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 8-aprel kuni Bektemir tumanida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
- Ushbu hududlar: “Ustozlar”, “Zabardast”, “Sohil”, “Musaffo”, “Nurli yoʻl” hamda “Rohat” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.