Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning ikki tumanida bugun gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi

Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli va Bektemir tumanlarining quyidagi hududlariga 29-oktabr kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Sergeli tumani

Aholi isteʼmolchilari soni:

“Eshobnbuloq” MFY Muqanna, Xonobod koʻchalaridagi 467 ta, “Sadoqat” MFY Tabarruk, Tavallo koʻchalaridagi 730 ta va “Xonobod” MFY Beruniy, Kichik soy koʻchalardagi 835 ta yerli xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 48 ta

Bektemir tumani

Aholi isteʼmolchilari soni: Koʻp qavatli uylardagi 60 ta xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 6 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling