Toshkentning bitta tumanida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi

Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi oʻrta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Ushbu holatni bartataf etish maqsadida 3-fevral kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha “Iyk ota” va “Gulbogʻ” MFYlaridagi 240 ta aholi va 7 ta ulgurji isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling