Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI-92 rusumli avtobenzin narxini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabar berdi.
AI-92 rusumli avtobenzinning birja savdolaridagi 1 tonnasi boshlang‘ich narxi birinchi bosqichda 12 mln 881 ming so‘mdan 12 mln 628 ming so‘mga tushirildi.
Bu esa o‘z navbatida, 1 litr AI-92 rusumidagi avtobenzinning birjadagi boshlang‘ich narxi 9 400 so‘m degani.