17-dekabr soat 13:45 larda Fargʻona shahar, Yangiyoʻl mahallasidagi “Petrolium” propan gaz quyish shoxobchasida 5 m kub sigʻimli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqib, gaz moddasi tashqariga sizib chiqishi oqibatida, portlash va yongʻin sodir boʻlgan.
Fargʻona viloyati IIB axborot xizmatining xabariga koʻra, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida halok boʻlgan.
Shu hududda boʻlgan bir nechta fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyat IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi hamda 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida 5 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan, 2 nafar shaxslarni ushlash choralari koʻrilmoqda.
Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling