Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligini ixtiyoriy ravishda topshirdi

71 yoshli tadbirkor 2008-yildan 2022-yilgacha FIE rahbari boʻlgan

30-noyabr kuni Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari etib saylangandi. 4-dekabrda esa Usmonov oʻz ixtiyori bilan ushbu lavozimdagi faoliyatini toʻxtatdi.

“FIE Ijroiya qoʻmitasi Usmonovning oʻz xohishi bilan federatsiya samarali ishlashini taʼminlash maqsadida FIE prezidenti sifatida vakolatlari va majburiyatlarini bajarishni toʻxtatish borasidagi qaroridan xabardor qilindi. Ijroiya qoʻmita FIEʻning uzluksiz faoliyatini taʼminlash maqsadida Usmonovning qarorini qabul qildi va ratifikatsiya qildi. Emmanuel Katsiadakis federatsiyaning vaqtincha rahbari etib tayinlandi”, — deyiladi FIE xabarida.

Maʼlumot uchun, 71 yoshli tadbirkor 2008-yildan 2022-yilgacha FIE rahbari boʻlgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling