Andijon shahar 2-son tug‘uruq majmuasida 5 nafar egizak tug‘ildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
"Qayrag‘ochtosh” MFYda yashovchi Nargiza Bekjonova shu yilning 6-iyul kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan mazkur muassasaga qabul qilindi.
Unda bir necha soat avval muddatidan ilgari tug‘uruq tashxisi bilan kesarcha kesish amaliyoti bajarildi.
Tug‘uruq jarayoni malakali akusher-ginekolog, neonatolog va reanimatologlar tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bolalar jinsi va vazni shunday:
- birinchi chaqaloq: qiz, vazni 1450 gr,
- ikkinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 1605 gr,
- uchinchi chaqaloq: qiz, vazni 1495 gr,
- to‘rtinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 1585 gr,
- beshinchi chaqaloq: qiz, vazni 1205 gr.
Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida ona va chaqaloqlar hozirgina Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialiga o‘tkazildi.