Namangan viloyatining Pop tumanda 18-noyabr kuni soat 7:30 larda “Iskovut” MFY, Qoʻrgʻontepa koʻchasida 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Shuningdek, xonadonda boʻlgan yana bir kishi is gazidan zaharlanib, ogʻir holatda tibbiyot birlashmasiga olib kelinib, shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordam natijasida hayoti saqlab qolingan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling