Dekabrning ilk kunida qor yogʻishi kutilmoqda

1-dekabrda kechasi va kunduzi 3-8° iliq boʻladi

Oʻzbekistonda noyabr oyining soʻnggi kunlari va dekabr oyi avvalida qor yogʻishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Unga koʻra:

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 30-noyabr - 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 29-noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 1-dekabrda kechasi 2° sovuq, 3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 30-noyabr - 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 29-noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 4-9° iliq; 1-dekabrda kechasi 1° sovuq, 4° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 29-noyabrda kechasi va kunduzi 8-13° iliq; 30-noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 1-dekabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliq: choʻl hududlarda 29-noyabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 30-noyabr - 1-dekabrda kechasi 2° sovuq, 3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 29-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 30-noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 1-dekabrda kechasi va kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 29-noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 1-dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 29-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 30-noyabr- 1-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat 29-noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30-noyabrda kechas 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 1-dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 29-30-noyabrda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 29-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 1-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling