O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-mart oylarida xorijdan qiymati 115,1 mln dollarga teng bo‘lgan 6 950 dona yengil avtomobil import qilingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekistonga 2025-yilning birinchi choragida eng ko‘p yengil avtomobil import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 5 235 dona
- Koreya – 1 425 dona
- Hindiston – 144 dona
- Yaponiya – 77 dona
- AQSH –18 dona
- Boshqa davlatlar – 51 dona