Loyiha mamlakatda ko‘kalamzorlar yetishmasligi muammosini hal etish va mikroiqlimni yaxshilashga qaratilgan.
Aksiya nafaqat poytaxt, balki bank filiallari joylashgan O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Ko‘chatlar ekish mahalliy hokimiyat va ekologik tashkilotlar ko‘magida tashkil etiladi va bu orqali aholi uchun yashil — sog‘lom va qulay muhit yaratiladi.
Tashabbus ishtirokchisiga aylanish uchun «Yaxshilikka» deb nomlangan maxsus bank omonatini ochish kifoya. Omonat shartlari uni nafaqat ekologik, balki moliyaviy nuqtai nazardan ham jozibador qiladi. Har hafta hisoblangan foizlarni yechib olish imkoniyatidan tashqari, omonatchilar yillik 23% daromad oladilar.
Zamonaviy bank ijtimoiy faol boʻlishi kerak. Bizning mijozlarimiz Hayot Bankga omonat qo'yish orqali oʻz mamlakati ekologiyasini yaxshilashga hissa qoʻshadi, shu bilan birga oʻz shaxsiy moliyaviy manfaatlarini ham qondiradi, — deydi bank matbuot xizmati vakili.
Aksiyaning har bir ishtirokchisi ko‘kalamzorlashtirishga qo‘shgan hissasini tasdiqlovchi shaxsiy sertifikatga ega bo‘ladi. Sertifikat nafaqat esdalik, balki O‘zbekistonning ekologik kelajagidagi ishtiroki ramziga aylanadi.
Hayot Bankning ekologik tashabbusi bankning barqaror rivojlanish va biznesning ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan umumiy strategiyasining bir qismidir. Endi omonat ochish orqali bank mijozlari bir vaqtning oʻzida butun mamlakatning yashil kelajagiga sarmoya kiritadilar.