Olmaliqda bogʻcha tarbiyachisi 4 yoshli bolani kaltakladi

Tergovga qadar tekshiruvi natijasiga koʻra holatga huquqiy baho beriladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqdagi bogʻcha tarbiyalanuvchisi boʻlgan bola kaltaklanganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani soʻrovi asosida aniqlanishicha, fuqaro S.S (ayol) 2020-yilda tugʻilgan farzandi MTMda tarbiyachi tomonidan kaltaklanganligi toʻgʻrisidagi ariza bilan 17-dekabr kuni murojaat qilgan.

Buning asosida 22-noyabr kuni (videokameradagi qaydlar tekshiruvi asosida) Olmaliq shahar 19-sonli maktabgacha taʼlim muasasasi tarbiyachisi D.Q tarbiyalanuvchi S.A (2020-yilda tugʻilgan oʻgʻil bola) ga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan A.S ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Shu bilan birga, kasbiy majburiyatlarini buzgan tarbiyachi D.Q ga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazosi qoʻllanilgan.

Tergovga qadar tekshiruvi natijasiga koʻra holatga huquqiy baho berilishi yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani oʻz kuzatuvini davom ettiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling