Pastdargʻom tumanida bir kunda ikkita yongʻin sodir boʻldi

Hodisalar oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq

Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani, Amir Temur mahallasida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasasi binosida 11-dekabr kuni soat 20:40 da yongʻin sodir boʻldi. Bu haqdagi xabar tuman FV boʻlimiga kelib tushgan.

Shunga koʻra, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 20:43 da yetib borib, soat 21:55 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.

Yongʻin natijasida maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining shift va tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yongʻinning kelib chiqish sababi anqlanmoqda.

Shuningdek, 11-dekabr kuni soat 21:00 da Pastdargʻom tumani, Goʻzalkent qoʻrgʻoni, Goʻzalkent mahallasida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchasida yongʻin sodir boʻldi.

5 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 21:27 da yetib borib, soat 21:50 da toʻliq bartaraf etilgan.

Shoxobchada suyultirilgan gaz yoqilgʻisini (propan) toʻkib olish jarayonida texnologik jarayonlarni buzilishi natijasida vintelda gazning lokal yonish sodir boʻlgan.

Yonish natijasida bino-inshoatlarga va texnika vositalariga zarar etmagan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling