Samarqand shahar, “Kamoliddin Behzod” mahallasi hududidan oʻtuvchi A.Temur koʻchasida 14-noyabr kuni soat taxminan 08:00 larda YTH sodir boʻldi.
Haydovchi F.S. boshqaruvida boʻlgan Isuzu avtobusini boshqarib borib, 12-sonli umumtaʼlim maktabi yaqinida yoʻlni oʻng tomonidan chap tomoniga kesib oʻtayotgan voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida, piyoda voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan F.S.ga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling