17-oktyabr kuni soat 11:44 da Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani, “Birlik” mahallasida joylashgan nonvoyxonalarning biri hovlisidagi hojatxonaga 2023-yilda tugʻilgan qizcha ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli tushib ketganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib bordi va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizchani sogʻ-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qoldi.
Shundan soʻng malakali tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib borilib, tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling