6-noyabr kuni Bishkek shahrida oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev oʻziga ajratilgan qarorgohda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston-Vengriya strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oʻzaro hamkorlikning amaliy natijalari alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari va sanoat kooperatsiyasi koʻlami ortib bormoqda, Toshkent viloyatida industrial park tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Oktyabr oyida Qoʻqon shahrida birinchi Hududlar forumi oʻtkazildi. Bu oyda Budapesht shahrida muhim qoʻshma madaniy tadbirlar boʻlib oʻtadi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar. Yetakchi kompaniyalarning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik boʻyicha yangi loyihalar portfelini shakllantirish muhimligi alohida taʼkidlandi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling