Namanganda 25 yoshli ayol o‘zini va bolalarini Farg‘ona kanaliga tashladi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namangan shahar, Temir ko‘chasida yashagan 1999 yilda tug‘ilgan ayol turmush o‘rtog‘i bilan uzoq muddatdan buyon birga yashab kelmayotganidan, o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababli ruhiyatida bo‘lgan o‘zgarishi tufayli 2021 va 2023 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandlarini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlagan.

Shu vaqtda mazkur hududdan o‘tib ketayotgan fuqarolar tomonidan ikki nafar voyaga yetmagan bola qutqarib olingan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida ularning hayoti saqlab qolingan.

Shu kuni Namangan viloyat qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Shimoliy Farg‘ona kanalidan ayol o‘lik holda suvdan chiqarib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan JKning 25,97-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling