Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabzda oʻqituvchi oʻquvchini urib, burnini qonatgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, joriy yilning 9-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanidagi 33-sonli umumtaʼlim maktabining ingliz tili oʻqituvchisi 5-sinf oʻquvchisi (2013-yilda tugʻilgan oʻgʻil bola) M.P.ning sinfdoshlariga goʻyoki nooʻrin gaplarini aytganini eshitib, bolaning yuziga urgan.
Voyaga yetmagan M.P. tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, unda quloq, burun va yuz sohasida jarohat aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.