Andijonda bolalarni kaltaklagan maktab direktori ishdan boʻshatildi

Ushbu holat 30-oktabr kuni 14:30 larda maktab sinfxonasida sodir boʻlgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinkoʻl tumanidagi maktablardan birida direktor oʻquvchilarni urayotgani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha  38-maktabdagi holat” sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi izoh berdi.

Taʼkidlanishicha, ushbu holat 30-oktabr kuni 14:30 larda maktab sinfxonasida sodir boʻlgan. 

Unda maktab sinfxonasida pirotexnika vositalaridan foydalangan bir guruh oʻquvchi-yoshlarni tartibga chaqirish jarayonidagi maktab direktori M.Mning xatti-harakatlari tasvirga olingan.

Mazkur holatda maktab direktori M.M oʻquvchilarga nisbatan pedagogik etika qoidalari doirasida munosabatda boʻlmaganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilib, hozirda hujjatlar rasmiylashtirilayotganligini maʼlum qilamiz.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling