Toshkentda shifokorlar 2 yoshli qizchaning qornidan 135 dona magnit sharcha chiqarib oldi, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 2 yoshni qarshilayotgan farg‘onalik Samira Toirjonavada magnit sharchalar bilan o‘ynab kelgan va shu jarayonda ulardan ancha-munchasini ichiga yutgan. Vaqt o‘tishi bilan sharchalar qornida yig‘ilib qolgan va uning hayotiga jiddiy xavf solgan.
Qizchaning ota-onasi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filialiga murojaat qiladi. Tekshiruvlar o‘tkazilganida qorinning ikki yonida magnitlar yig‘ilib qolgani aniqlangan.
Shifokorlar konservativ usulda davolashga kirishib, qayd qildirish orqali sharchalardan 14 donasini chiqarib oladi.
So‘ng ota-ona bolani Toshkentdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib keladi. Shifokorlar sa’y-harakati bilan qizaloq qornidagi 135 ta magnit sharcha olindi.
Ayni chog‘da qizcha shifokorlar nazoratida o‘zini yaxshi his etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling