Toshkent viloyatida noqonuniy tarzda boʻrsiq ovlagan shaxsga 7,5 mln soʻm jarima belgilandi

Ish yuzasidan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun sudga yuborildi

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi.

Reyd davomida Ohangaron tumanida yashovchi fuqaro S.Sh. tomonidan tumanning togʻ yon bagʻrida qoʻlbola yasalgan sirtmoq orqali bir bosh boʻrsiq ovlanganligi aniqlandi. Natijada hayvonot dunyosiga 750 ming soʻm zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Unga BHMning 20 barobari (7 million 500 ming soʻm) miqdorida jarima qoʻllanildi.

Ish yuzasidan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun Angren shahar sudiga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling