Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Asaka koʻchasida vaqtincha avtoulovlar harakati cheklandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga Asaka koʻchasida kommunal tarmoqlarni tartibga keltirish ishlari olib borilishi sabab boʻladi.
Shu bois ushbu koʻchaning Parkent-2 tor koʻchasi kirish qismidan Maxatma Gandi koʻchasiga qadar qismida avtoulovlar harakati 10-oktyabr soat 17:00ga qadar vaqtincha cheklanadi (maxsus avtoulovlardan tashqari).
Shuningdek, Mirzakalon Ismoiliy koʻchasining “Asaka” koʻchasi bilan kesishmasi vaqtincha yopildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling