Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Oʻzbekiston ovozi” koʻchasi 7/24 koʻchaga aylanmoqda, deb xabar berdi tuman hokimligi matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, koʻchaning infratuzilmasi oʻzgarib, aholiga, yoʻlovchilarga va albatta shaharsozlik normalariga toʻla mos tushadigan maskanga aylanmoqda.

Shu munosabat bilan 18-oktyabr soat 14:00dan 20-dekabrga qadar “Oʻzbekiston ovozi” koʻchasining Shahrisabz koʻchasi bilan kesishmasidan, “Oʻzbekiston ovozi” koʻchasining Istiqlol koʻchasiga qadar qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopiladi.