Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududidagi isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur koʻchasi Shota Rustaveli koʻchasi bilan kesishmasidan Seul koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli, 16-oktyabrdan 15-noyabrga qadar Bobur koʻchasining ushbu qismida toʻrt chiziqli yoʻlning ikki chizigʻida harakat cheklanadi.
Avtotransport oqimi esa qolgan ikki chiziqqa yoʻnaltiriladi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati noqulayliklar uchun uzr soʻrab, yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun, haydovchilarga aylanma yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya qildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling