Angor tumanida “B.H.” oilaviy korxonasi rahbari B.M. ishlab chiqarish binosida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga tijorot maqsadida yashirincha ulanib, jami 227,8 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Bagʻdod tumanida “A." fermer hoʻjaligi rahbari A.A. umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 121 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
“X.O.” oilaviy korxonasi rahbari Gʻ.D. korxonaga qarashli Pastdargʻom tumanidagi binoda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 94,8 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling