Toshkent sharidagi Kichik halqa avtomobil yoʻlining Maxtumquli koʻchasi bilan kesishmasidagi yondosh yoʻl qismi 5-noyabrdan 5-dekabrgacha barcha harakat ishtirokchilari uchun yopiladi.

Bunga Yashnobod tumanida yoʻl qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi sabab boʻladi.
Ushbu davr mobaynida boshqa muqobil yoʻllardan foydalanish tavsiya etilmoqda.